Qo‘qon universiteti Andijon filiali

Qo‘qon universiteti Andijon filiali Qo‘qon universiteti Andijon filialida amalga oshirilayotgan ishlar yoritib boriluvchi rasmiy sahifa

Kecha, 29-oktabr kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali tabiiy va tibbiy fanlar kafedrasi tomonidan talabalar turar jo...
30/10/2024

Kecha, 29-oktabr kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali tabiiy va tibbiy fanlar kafedrasi tomonidan talabalar turar joyida ma'naviy-ma'rifiy tadbir va ochiq davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarning sogʻlom turmush tarziga amal qilish va sport bilan muntazam shugʻullanish muhimligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Qo‘qon universiteti Andijon filialida boshqa viloyatdan kelib tahsil olayotgan talaba-yoshlar kecha bo‘lib o‘tgan saylov...
28/10/2024

Qo‘qon universiteti Andijon filialida boshqa viloyatdan kelib tahsil olayotgan talaba-yoshlar kecha bo‘lib o‘tgan saylovda faol ishtirok etdi.

Siz-chi, Siz saylovda ishtirok etdingizmi?

Qo‘qon universiteti Andijon filiali jamoasi saylovda faol ishtirok etdi. Siz-chi, Siz saylovda ishtirok etdingizmi?
27/10/2024

Qo‘qon universiteti Andijon filiali jamoasi saylovda faol ishtirok etdi.

Siz-chi, Siz saylovda ishtirok etdingizmi?

TALABALAR TURAR JOYIDA SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI🏫Bugun, 24-oktyabr kuni Klinik fanlar kafedrasi professor-o'qituvchil...
24/10/2024

TALABALAR TURAR JOYIDA SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI

🏫Bugun, 24-oktyabr kuni Klinik fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari Talabalar turar joyida talabalar bilan uchrashib, ularga kasbga yo'naltirish bo'yicha seminar-trening tashkil etdilar.

🇺🇿Professor-o‘qituvchilar talabalarga kelajakda oʻz mutaxassisligini  toʻgʻri tanlash, qaysi kasbga qobiliyatlari borligini aniqlash boʻyicha ilmiy asoslangan  maslahatlar berildi.  Shifokorlikning turli sohalarining oʻziga xos xususiyatlari: intensivlik va bosiqlik, mehribonlik va sovuqqonlik, izchillik va tezkorlik talab qiluvchi vaziyatlar qiziqarli maʼlumotlar bilan yoritib berildi.

NOMLI DAVLAT STIPENDIYANI QO‘LGA KIRITISH BO‘YICHA UCHRASHUV TASHKIL ETILDIQo'qon universiteti Andijon filialida Ilmiy-t...
24/10/2024

NOMLI DAVLAT STIPENDIYANI QO‘LGA KIRITISH BO‘YICHA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

Qo'qon universiteti Andijon filialida Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziquvchi talaba-yoshlar uchun bugun maxsus uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Andijon davlat chet tillari instituti magistranti, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Bibimuxlisa G‘ulomova talabalarimizga nomli davlat stipendiya olish sirlari bilan o‘rtoqlashdi.

Talabalarimiz uchun foydali bo‘lgan uchrashuvlar davom etadi.

Universitet delegatsiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasidaQo‘qon universiteti Andijon filialining investitsiyaviy jozibad...
23/10/2024

Universitet delegatsiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasida

Qo‘qon universiteti Andijon filialining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, respublika va xalqaro miqyosida tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida, universitet direktori A.Omonboyev boshlichiligidagi delegatsiya Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib turibdi.

Universitet delegatsiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasiga tashrifi davomida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarimiz davom etmoqda Qo‘qon universiteti Andijon filialida 21-oktyabr kuni O'zbek tiliga davlat...
22/10/2024

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarimiz davom etmoqda

Qo‘qon universiteti Andijon filialida 21-oktyabr kuni O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Til yashasa — millat yashaydi" shiori ostida adabiy-badiiy kecha tashkil etilgan edi.

Mazkur adabiy-badiiy kecha bugun, 22-oktyabr kuni universitetimiz talabalar turar joyida ham davom etdi. Tillarni o‘qitish kafedrasi va universitetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan yoshlarga tilimizning rivoji hamda davlat tili qanchalar muhim ekanligini to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.

Badiiy kecha davomida iqtidorli talabalar tomonidan milliy kuy-qo'shiq va raqslar, ona tilimizni madh etuvchi she'rlar ijro etildi.

Til yashasa — millat yashaydiQo‘qon universiteti Andijon filialida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 ...
22/10/2024

Til yashasa — millat yashaydi

Qo‘qon universiteti Andijon filialida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Til yashasa — millat yashaydi" shiori ostida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Kecha universitet prorektori B. Axmedovning kirish so'zlari bilan boshlandi. Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan milliy kuy-qo'shiq va raqslar, ona tilimizni madh etuvchi she'rlar ijro etildi.

O‘zbek tilining o‘ktamlik va boqiylik bayramiQo‘qon universiteti Andijon filiali Axborot- resurs markazida 21-oktyabr – ...
22/10/2024

O‘zbek tilining o‘ktamlik va boqiylik bayrami

Qo‘qon universiteti Andijon filiali Axborot- resurs markazida 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan "Tilga e’tibor - elga e’tibor" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida Pedagogika, psixologiya va filologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari so'z olib, dunyoda har bir xalqning o'z tili uning bebaho boyligi, iftixori ekani, ajdodlarimiz buyuk madaniyat namunalarini, ulkan kashfiyotlar, badiiy durdonalarni ham aynan shu tilda yaratganini ta'kidlab o'tdilar.

Talabalar uchun kinofilm namoyishi tashkil etildiQo'qon universiteti Andijon filiali talabalar turar joyida talabalarnin...
22/10/2024

Talabalar uchun kinofilm namoyishi tashkil etildi

Qo'qon universiteti Andijon filiali talabalar turar joyida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish hamda talabalarning ma'naviyatini yuksaltirish maqsadida rejisyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan "Tutqunlik" badiiy filmi namoyish etildi.

Vatanni sevish, shukronalik hissini uyg'otuvchi, tarbiyaviy jihatlarini o'zida mujassam etgan ushbu film talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Universitet prorektori ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldiJoriy yilning 15-oktyabr kun...
22/10/2024

Universitet prorektori ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi

Joriy yilning 15-oktyabr kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali prorektori Botirjon Axmedov mas'ullar bilan birga ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari, xonadondagi mavjud kamchiliklar, qiynayotgan muammolarni o'rganish maqsadida talaba-yoshlar holidan xabar oldi.

Prorektor ijara xonadonlarini o'rganishda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar yuzasidan xonadon egalariga bartaraf etish bo'yicha kerakli ko'rsatma va o‘z tavsiyalarni berdi.

Address

Andijon Viloyati Andijon Shahri
Andijan

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 16:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Qo‘qon universiteti Andijon filiali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share