TATU Farg'ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi

TATU Farg'ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi Kafedra hayotiga oid yangiliklar

TATU Farg‘ona filiali professor-o'qituvchilari Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filialiga tashrif buyurishdi...
16/01/2024

TATU Farg‘ona filiali professor-o'qituvchilari Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filialiga tashrif buyurishdi.

🏛 TATU Farg‘ona filiali Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali bilan hamkorlik uchrashuviga Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta‘limi fakulteti dekani B.Daliyev, kafedra dotsentlari M.Ismoilov, B.Bozarovlar akademik mobillik bo‘yicha qo‘shni universitetlar bilan reyting tizimlarini oshirish hamda o’quv uslubiy jarayonlarni tashkillanishi va hamkorlik me’morondum, shartnomalariga oid rejalar tuziish uchun TKXU Namangan filialiga tashrif buyurishdi.

🌐 Tashrif davomida univresitet direktori Muhammad Elyor Yuldashev va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bahodir Gulmatovlar tomonidan oliygohdagi o'quv jarayonlarni tashkillanishi, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirib o‘tishdi. Shundan so’ng ikki universitet tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan iashlar yuzasidan istiqbolli rejalar tuzildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedraning “Iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi”ga ko‘ra bitiruvchi kur...
16/01/2024

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedraning “Iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi”ga ko‘ra bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida “Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash va rasmiylashtirish” mavzusida seminar tashkillandi. Seminar davomida 5350100-Telekommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiyalar) ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalariga bitiruv malakaviy ishi mavzulari va ularga biriktirilgan rahbar hamda maslahatchilari tanishtirildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan BMIni tayyorlashda adabiyotlar tahlili, ma’lumotlarni ajratib olish va BMIni shakllantirish metodikasi, bob va bo‘limlarni shakllantirish tartib-qoidalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Seminar davomida BMI tayyorlash istagida bo‘lgan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan professor-o‘qituvchilarga murojaat qilib javob oldilar.

OCHIQ DARSLAR INTERFAOL TARZDA O'TKAZILMOQDA“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi assistenti M.R.Madaminov tomonida...
07/12/2023

OCHIQ DARSLAR INTERFAOL TARZDA O'TKAZILMOQDA
“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi assistenti M.R.Madaminov tomonidan 2023-yil 6-dekabr kuni “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishi 4-kurs 631.20-guruhi uchun “Abonent kirish tarmoqlari” fanidan “GPON texnologiyasi qurilmalari bilan tanishish” mavzusida “Ochiq dars” o‘tkazildi. Amaliy mashg'ulot interfaol usulda olib borildi. Talabalarga GPON texnologiyasida qo'llaniluvchi havo aloqa liniyalarining 3 xil turdagi muftalarini yig'ish va qo'llashni tushuntirish bo'yicha topshiriq berildi. Talabalar guruhlarga bo'lingan holatda topshiriqni bajardilar.
Ochiq dars kafedra mudiri va professor-o'qituvchilar tomonidan kuzatib borildi. Yakunda, talabalarning amaliy mashg'ulotdan olgan bilim, ko'nikma va malakalari bo'yicha xulosalari tinglandi hamda assistent M.R.Madaminovning o'tkazgan ochiq darsiga kuzatuvchilar tomonidan fikr bildirildi.

Address

Mustaqillik, 185-uy
Farg`ona

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when TATU Farg'ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share