06/02/2026
Texnikum o‘quvchilari sport musobaqalarida faol qatnashmoqda
Qoraqalpoq davlat universitetida “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalari doirasida voleybol sport turi bo‘yicha Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan akademik litseylar va kasbiy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchi-yoshlari mazkur final bosqichida g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashmoqda.
📌 Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa akademik litsey va kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 2025-yilning noyabr oyidan 2026-yilning may oyiga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qiladi.