15/04/2026
🔘 "Jamoada hamshiralik ishi" fanidan | Dars jarayoni
▫️ Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Hamshiralik kafedrasi o‘qituvchisi Iminova M.M. tomonidan “Jamoada hamshiralik ishi” fanidan dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
▫️ Ushbu mashg‘ulot “Hamshiralik ishi” yo‘nalishining 1-bosqich, 107-guruh talabalari ishtirokida tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida “Homilador ayollar bilan ishlash” mavzusi atroflicha yoritildi.
▫️ Dars jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib, talabalarning faolligi va qiziqishi yuqori darajada bo‘ldi. Homilador ayollar bilan ishlashda hamshiraning vazifalari, profilaktik chora-tadbirlar hamda to‘g‘ri parvarish qilish usullari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🇺🇿