Jizzakh State Pedagogical University

Jizzakh State Pedagogical University Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti | Jizzakh State Pedagogical University | Джизакский

 JDPU jamoasi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘ga kiritdi.“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-ta...
25/05/2026



JDPU jamoasi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘ga kiritdi.

“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi Jizzax davlat pedagogika universitetida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda:
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Jizzax politexnika instituti
Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti Yangiyer filiali
Guliston davlat pedagogika instituti
Guliston davlat universiteti
JDPU jamoalari ishtirok etdi.

Tanlovning 4 ta sharti bo‘yicha yakuniy natijalarga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi umumiy hisobda 360 ball to‘plab, Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 Jizzax davlat pedagogika universitetida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi faol qo‘llab-quvvatlandi.Bugun professor-o‘qituvchi...
25/05/2026



Jizzax davlat pedagogika universitetida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi faol qo‘llab-quvvatlandi.

Bugun professor-o‘qituvchilar jamoat transportidan foydalangan holda ishga kelib, ekologik madaniyatni oshirish va atrof-muhit musaffoligiga hissa qo‘shish yo‘lida shaxsiy namuna ko‘rsatdilar.

Bu — tabiatga e’tibor, sog‘lom turmush va mas’uliyatli fuqarolikning amaliy ifodasidir.

Talaba-yoshlar uchun tarixiy muzeylarga ma’rifiy tashriflar tashkil etildiJizzax davlat pedagogika universitetining 20 n...
25/05/2026

Talaba-yoshlar uchun tarixiy muzeylarga ma’rifiy tashriflar tashkil etildi

Jizzax davlat pedagogika universitetining 20 nafardan ziyod talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi qator tarixiy va ma’rifiy maskanlarga tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar Shon-sharaf davlat muzeyi, Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyida bo‘lib, xalqimiz tarixi, milliy davlatchilik an’analari, boy madaniy meros va buyuk ajdodlarimiz hayoti hamda faoliyati haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bunday ma’rifiy tashriflar yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

JDPU talabalari Qoraqalpog‘iston bo‘ylab tashriflarini davom ettirmoqdaTalabalar Qo‘ng‘irot tumanidagi muqaddas Dovud ot...
24/05/2026

JDPU talabalari Qoraqalpog‘iston bo‘ylab tashriflarini davom ettirmoqda

Talabalar Qo‘ng‘irot tumanidagi muqaddas Dovud ota ziyoratgohi hamda Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati davlat muzeyida bo‘lishdi.

Tashrif davomida yoshlar milliy qadriyatlar, boy tarixiy meros va noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur sayohatlar talabalarning ma’naviy dunyoqarashi va tarixiy xotirasini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

      JDPU Jizzax jamoasi suv polosi bo‘yicha Talabalar ligasida faxrli 2-o‘rinni egalladi!Talabalar ligasi doirasida su...
24/05/2026



JDPU Jizzax jamoasi suv polosi bo‘yicha Talabalar ligasida faxrli 2-o‘rinni egalladi!

Talabalar ligasi doirasida suv polosi sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan bahsda JDPUning Jizzax jamoasi Navoiy jamoasi ustidan 6:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Mazkur muvaffaqiyat orqali jamoamiz musobaqani munosib tarzda yakunlab, Talabalar ligasining faxrli 2-o‘rinini qo‘lga kiritdi.

Sportchilarimiz namoyon etgan jamoaviy o‘yin, yuqori mahorat va g‘alabaga bo‘lgan intilish barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Jamoamizni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!

      Malayziyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan 22 nafar professor-o‘qituvchi Utara universiteti kutubxo...
24/05/2026



Malayziyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan 22 nafar professor-o‘qituvchi Utara universiteti kutubxonasida bo‘ldi

Utara universiteti kutubxonasiga tashrif davomida professor-o‘qituvchilar darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy ishlar, dissertatsiyalar hamda elektron kutubxona tizimi bilan tanishdilar.

Shuningdek, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy texnika bazasi, onlayn va oflayn kutubxona faoliyati o‘rganildi. Kutubxona xodimlari bilan muloqot olib borilib, kitob fondi va xizmat ko‘rsatish tizimi haqida ma’lumotlar olindi.

       “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida Jizzax davlat pe...
24/05/2026



“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari faol ishtirok etdi.

Shaxmat bo‘yicha erkaklar va xotin-qizlar, shuningdek, shashka bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda JDPU jamoasi faxrli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Universitet jamoasi g‘olib talabalarni tabriklaydi.

 JDPU qizlari gandbolda navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdiTermiz shahrida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” respublika...
23/05/2026



JDPU qizlari gandbolda navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Termiz shahrida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” respublika bosqichi doirasida gandbol bo‘yicha bahslar qizg‘in davom etmoqda. Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti qizlar jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.

Navbatdagi uchrashuvda JDPU qizlari Qarshi shahri jamoasiga qarshi maydonga tushib, 12:5 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoaning faol va uyushqoq o‘yini muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

 JDPU qizlari suv polosida ishonchli ishtirok etmoqdaToshkent shahrida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasid...
23/05/2026



JDPU qizlari suv polosida ishonchli ishtirok etmoqda

Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” respublika bosqichi doirasida suv polosi bahslari qizg‘in davom etmoqda. Musobaqada Jizzax davlat pedagogika universiteti qizlar jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.

Qizlar jamoasi birinchi bahsda Buxoro viloyati vakilalari ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Keyingi uchrashuvda esa Xorazm viloyati jamoasiga qarshi suv havzasida to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritgan JDPU sportchilari 10:3 hisobida ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi.

    JDPUda ijtimoiy faollik kuni doirasida yengil fitnes mashg‘ulotlari tashkil etildi. Vorkaut maydonchasida Kardio va ...
23/05/2026



JDPUda ijtimoiy faollik kuni doirasida yengil fitnes mashg‘ulotlari tashkil etildi. Vorkaut maydonchasida Kardio va umumiy jismoniy mashqlar bajarilmoqda.

Ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlab, faol harakatda bo‘lmoqda.

    JDPUda ijtimoiy faollik kuni doirasida vorkaut maydonchasida jismoniy mashqlar tashkil etildiTurnik, brusya va kardi...
23/05/2026



JDPUda ijtimoiy faollik kuni doirasida vorkaut maydonchasida jismoniy mashqlar tashkil etildi

Turnik, brusya va kardio elementlarida erkaklar faol ishtirok etmoqda. Kuch mashqlari va umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Address

Jizzax Sh. , Sh. Rashidov Shoh Ko’chasi, 4 Uy
Jizzakh
130100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 18:00

Telephone

+998722261357

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Jizzakh State Pedagogical University posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Jizzakh State Pedagogical University:

Share