Osiyo texnologiyalar universiteti

Osiyo texnologiyalar universiteti 🎓 Osiyo texnologiyalar universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kunimuno...
13/01/2026

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kunimunosabati bilan “Armiya va yoshlar” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik sayli bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida: 🇺🇿 harbiy parad, 🪖 zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmalari, 🥋 qo‘l jangi bo‘yicha namoyishlar, 🏃‍♂️ sport musobaqalari, 🎤 taniqli, el suygan san’atkorlar ishtirokidagi shou-gala konsert dasturlari tashkil etildi.
🎓 Ushbu nufuzli va mazmunli tadbirda Osiyo texnologiyalar universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, yoshlarda vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shdi.

🇺🇿 Vatanimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha himoyachilarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!

🇺🇿Qadrli vohadoshlar! 🗣O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi  hamda Vatan himoyac...
13/01/2026

🇺🇿Qadrli vohadoshlar!

🗣O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Armiya va yoshlar” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sayli bo’lib o’tadi. Sayl doirsida harbiy parad, harbiy texnikalar, qurol aslahalar ko’rgazmalari, qo'l jangi chiqishlar, sport musobaqalari va taniqli el suygan san’atkorlar ishtirokida shou-galakonsert dasturi o‘tkaziladi.

Vatanparvarlik festivali 13-yanvar kuni soat 10:00 start oladi.

Manzil: Qarshi shahrida mustaqillik ko’chasi
Mo’ljal: Kurant ro’parasi

Ushbu festivalga kirish mutlaqo bepul. Barcha vohadoshlarni kutib qolamiz!

DIQQAT E’LON:Osiyo texnologiyalar universitetida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga 2025/2026-o‘quv yil...
12/01/2026

DIQQAT E’LON:

Osiyo texnologiyalar universitetida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestri uchun 4-chaqiruv dars jarayonlari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.

Talaba-yoshlarning 4-chaqiruv dars jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadida ularga mas’ul tyutorlar biriktirildi.

Biriktirilgan tyutorlar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

- dars jarayonlarida talabalarning qatnashuvini muvofiqlashtirish;

- o‘quv jarayoniga oid savollar bo‘yicha metodik ko‘mak berish;

- fan o‘qituvchilari bilan talabalar o‘rtasida aloqa ko‘prigi vazifasini bajarish;

- semestr davomida zarur ma’lumotlar, topshiriqlar va e’lonlarni yetkazish.

Hurmatli talabalar!
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq qo‘shimcha savollar bo‘lsa tyutorlarga murojaat etishingizni so‘raymiz.

Ma’lumot uchun: dars jarayonlari 2026-yilning 7-fevral sanasiga qadar ikki smenada davom etadi.

🏛️ Prezidentimiz Murojaatnomasi – islohotlar va ustuvor vazifalar muhokamadaBugun Osiyo texnologiyalar universitetida Pr...
12/01/2026

🏛️ Prezidentimiz Murojaatnomasi – islohotlar va ustuvor vazifalar muhokamada

Bugun Osiyo texnologiyalar universitetida Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori E. Ibragimov ochib berdi. O‘z nutqida u Prezidentimiz Murojaatnomasining ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati sohasidagi ahamiyatiga to‘xtalib, mazkur hujjatda belgilangan vazifalarni chuqur anglash va ularni amaliyotga tatbiq etish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuvda mehmon sifatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professorlari Bekdavlat Aliyev va Azamat Muxtorov ishtirok etib, Murojaatnomada belgilangan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning real natijalari hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdilar. Shuningdek, islohotlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Mazkur uchrashuv Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni professor-o‘qituvchilar va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, ularning mazmun-mohiyatini chuqur anglashga xizmat qildi.

⚡️Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!Sizlarni 8-yanvar — Prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan Osiyo texnolo...
12/01/2026

⚡️Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!

Sizlarni 8-yanvar — Prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan Osiyo texnologiyalar universiteti jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.

Sizlarning mas’uliyatli va sharafli mehnatingiz qonun ustuvorligi, jamiyat tinchligi hamda xalq ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda xizmat faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurt ravnaqi yo‘lidagi sharafli xizmatlaringizda doimo omad yor bo‘lsin!

  Assalomu Alaykum!🎊 Sizni kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!📈 Yakunlanib borayo...
31/12/2025



Assalomu Alaykum!
🎊 Sizni kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
📈 Yakunlanib borayotgan yil mamlakatimiz hayotida muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, keng ko‘lamli islohotlarva barqaror taraqqiyot bilan yodda qoldi. 🎓Xususan, ta’lim sohasini rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilgan ishlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining amaliy ifodasiga aylandi.
🎓 Sizning rahbarligingiz va bevosita ko‘magingiz ostida hududimizda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, 🛠️ o‘quv muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yoshlarni ma’naviy va intellektual barkamol etib tarbiyalash yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu sa’y-harakatlar yurtimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
🎁Yangi yil Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar va yurtimiz ravnaqi yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar olib kelsin. Kelgusi yilda ham yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va ta’lim sohasidagi yuksak marralarni birgalikda zabt etish nasib etsin.

Hurmat bilan! 🏛️ Osiyo texnologiyalar universiteti rektori
✍️ Raxmonov Lochin To‘xtamishovich

⚡️“Totli ro‘yolar” — yoshlar ongida ogohlik uyg‘otgan sahna asari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noy...
31/12/2025

⚡️“Totli ro‘yolar” — yoshlar ongida ogohlik uyg‘otgan sahna asari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida talaba-yoshlar uchun “Totli ro‘yolar” teatr spektakli har bir guruh kesimida namoyish etildi. Spektakl namoyishidan avval universitet departament boshligi O. Abdullaev tomonidan asarning mazmun-mohiyati, uning tarbiyaviy ahamiyati hamda yoshlar hayotidagi dolzarb masalalarga qaratilgan jihatlari haqida tushuncha berildi.
Sahna asari orqali giyohvandlik va zararli illatlarning inson hayoti va kelajagiga salbiy ta’siri ta’sirchan badiiy vositalar orqali ochib berildi. Spektakl tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirib, ularni sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ongli tanlov qilish va kelajakka mas’uliyat bilan qarashga undadi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar ongida ogohlikni kuchaytirish, ularni zararli odatlardan himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

⚡️Yaxshilikdan boshlanadigan kunOsiyo texnologiyalar universiteti “Pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomoni...
31/12/2025

⚡️Yaxshilikdan boshlanadigan kun

Osiyo texnologiyalar universiteti “Pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Kun affirmatsiyasi: Bugun men kimga yaxshilik ulashdim?” mavzusida mazmunli va samimiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar uchun turli qiziqarli metodlar qo‘llanilib, sovg‘alar ulashildi.
Kun affirmatsiyasi orqali professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ijobiy muhit shakllanib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat va yaxshi kayfiyat ulashildi. Tadbir yaxshilik, mehr-oqibat va ijobiy fikrlash g‘oyalarini targ‘ib etib, ishtirokchilar xotirasida unutilmas lahzalar qoldirdi.

🚀 Zamonaviy kasb + Onlayn daromad = Kelajak sizning qo‘lingizda!❓ Sizga bu qiziqmi? 📱 Telefon va 💻 kompyuter orqali ishl...
27/12/2025

🚀 Zamonaviy kasb + Onlayn daromad = Kelajak sizning qo‘lingizda!
❓ Sizga bu qiziqmi? 📱 Telefon va 💻 kompyuter orqali ishlash 💼 Zamonaviy kasb o‘rganib, daromad topish 🌍 Kelajakda erkin ishlash va o‘zingizni rivojlantirish
Unda Asian University siz uchun aynan mos! 👇

🔥 Eng talabgir 3 ta yo‘nalish 🔥
🎯 Targeting (Reklama va auditoriya bilan ishlash) Bu yo‘nalishni tanlaganlar: ✔ Targetolog ✔ SMM mutaxassis ✔ Marketing menejeri
👉 Facebook, Instagram va Google reklamalarini sozlash 👉 Sotuvlar va obunachilar sonini oshirishni o‘rganasiz

💻 Dasturlash – NodeJS & ExpressJS IT sohasiga qadam qo‘ymoqchimisiz? ✔ Backend Developer ✔ Full-Stack Developer ✔ Web API va microservice dasturchisi
👉 Tezkor va ishonchli backend tizimlar yaratishni o‘rganasiz

🎬 Video Montaj Agar kreativlik sizga yaqin bo‘lsa: ✔ Video montajchi ✔ Content Creator ✔ YouTube / Instagram / TikTok mobilograf
👉 Trend videolar va reklama roliklari tayyorlashni o‘rganasiz

📌 Bilim + amaliyot + rivojlanish 📲 Hoziroq qo‘shiling va kelajagingizni bugundan boshlang!

👉 Batafsil: https://t.me/asianuniversity_edu

Osiyo texnologiyalar universitetida Yangi yil karnavali — quvonch va shodlikka to‘la lahzalar!Osiyo texnologiyalar unive...
26/12/2025

Osiyo texnologiyalar universitetida Yangi yil karnavali — quvonch va shodlikka to‘la lahzalar!

Osiyo texnologiyalar universitetida Yangi yil munosabati bilan quvonch va shodlikka boy bayram karnavali bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori E. Ibragimov so‘zga chiqib, universitet jamoasi va talaba-yoshlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabrikladi.

🎓 Shuningdek, 2024–2025-o‘quv yilida tahsil olgan bitiruvchilarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi.

🎶 Karnaval davomida rang-barang madaniy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va bayram dasturlari namoyish etilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarga iliq taassurotlar, unutilmas lahzalar tuhfa etib, universitetdagi do‘stona muhit va jamoaviylikni yanada mustahkamladi.

Yangi yil barchamizga yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar olib kelsin!

Workout musobaqasi bo‘lib o‘tdi!Xabar berilganidek, Osiyo texnologiyalar universitetida sportning workout yo‘nalishi bo‘...
26/12/2025

Workout musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

Xabar berilganidek, Osiyo texnologiyalar universitetida sportning workout yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Bellashuvlar juda qizg‘in, raqobatga boy va murosasiz tarzda o‘tdi.

💪 Turnikda tortilish bahslari natijalari:
🥇 1-o‘rin — Bozorov Islom
🥈 2-o‘rin — Ovliyoqulov Nurxonbek
🥉 3-o‘rin — Mavlonov Zafar

🏆 G‘olib va sovrindorlarni chin qalbdan tabriklaymiz! Barcha ishtirokchilarga esa faol qatnashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yangi sport yutuqlari hali oldinda!

📚Zakovat Quiz!Tarix 4-kurs sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun "Zakovat Quiz" tashkil etilmoqda!...
25/12/2025

📚Zakovat Quiz!

Tarix 4-kurs sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun "Zakovat Quiz" tashkil etilmoqda!

🗓 25.12.2025
⏰ 11:30
📍 Universitetning yangi binosi, 211-xona

Bilimingizni sinab ko‘rish, jamoaviy fikrlash va qiziqarli savollarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Address

Qarshi Sh. , Chaman MFY, Mustaqillik Ko‘chasi, 41-uy
Karshi
180100

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Osiyo texnologiyalar universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share