08/09/2026
Amity’da Startaplar generatori ishga tushmoqda!
Xalqaro Amity universiteti IT-Park va “UzVC” milliy venchur jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Startaplar generatori dasturi”ni e’lon qiladi. Sizga startapingizni prototipdan real daromad keltiruvchi loyihaga aylantirishga yordam beramiz.
Dastur davomida nimalarga ega bo‘lasiz?
Intensiv amaliyot: natijaga ishlaydigan haqiqiy mentorlik darslari hamda hamfikr tengdoshlar jamoasi.
Bozor va target tahlili: “Bu g‘oya kimga kerak?” degan savolga taxmin bilan emas, aniq javob topasiz.
Biznes-model va moliyaviy metrikalar: Investorlar tili bilan gaplashishni, moliyaviy prognozlar va biznes-reja tuzishni o‘rganasiz.
Investorlarga taqdimot (Pitch): Dastur yakunida o‘z loyihangizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri venchur fondlari va investorlar e’tiboriga taqdim etasiz.
✅Orzudagi startapni boshlash uchun mukammal vaqt — aynan hozir. O‘z innovatsion g‘oyangizni amaliyotga tatbiq etib, uni real biznesga aylantirish imkoniyatini boy bermang.
Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi havola orqali o’ting.
⛓Havola: https://t.me/amitystartup