Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali rasmiy sahifasi

 Talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildiToshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Z. Xakimov...
21/05/2026



Talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Z. Xakimov tomonidan talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan ta’lim sifati, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ilmiy faoliyat hamda ularning tashabbus va takliflari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarning murojaat va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Suhbat jarayonida talaba-yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi hamda jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shadigan mutaxassis bo‘lib voyaga yetishi muhim ekani ta’kidlandi.

 🇺🇿🇨🇳Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali nufuzli xalqaro forumda ishtirok etmoqdaXitoy Xalq Respublika...
21/05/2026



🇺🇿🇨🇳Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali nufuzli xalqaro forumda ishtirok etmoqda

Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida III “Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi bugun o‘z ishini boshladi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Forum doirasida tashkil etilgan “O‘zbekiston–Xitoy ta’lim hamkorligi ko‘rgazmasi”da Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining ham stendi o‘rnatildi. Ko‘rgazma davomida tashrif buyuruvchilarga filialning zamonaviy ta’lim dasturlari, xalqaro akademik almashinuv loyihalari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.

Shuningdek, xalqaro forum doirasida Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan.

🇺🇿🇨🇳 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali delegatsiyasi Xitoyning Sian shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli...
20/05/2026

🇺🇿🇨🇳 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali delegatsiyasi Xitoyning Sian shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro forumda ishtirok etmoqda

Xitoy Xalq Respublikasining tarixiy va zamonaviy qiyofasi uyg‘unlashgan Sian shahrida uchinchi “Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.

Forum doirasida tashkil etilayotgan “Study in Uzbekistan” milliy ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonning 44 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasidan iborat delegatsiya Sian shahriga yetib bordi. Delegatsiya tarkibida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro salohiyatini keng targ‘ib qilish, xorijiy yoshlarni mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga jalb etish hamda ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy, akademik va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari tomonidan zamonaviy ta’lim dasturlari, xalqaro akademik almashinuv loyihalari, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar taqdim etiladi.

Shuningdek, tadbir doirasida universitetlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ilmiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Mustaqillik soati” darsi o‘tkazildiTadbirda filialning Yoshlar ...
20/05/2026

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Mustaqillik soati” darsi o‘tkazildi

Tadbirda filialning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari O.Abdug‘aniyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tumani sudi raisi J.Navruzov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Yangiyer shahri bosh mutaxassisi Sh.Eshonqulov ishtirok etdi.

Dars davomida yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda mustaqillikning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Suhbat jarayonida qonunlarga rioya qilish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning salbiy oqibatlari hayotiy misollar asosida tushuntirilib, muhim tavsiya va fikrlar bildirildi.

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichida filialimiz talabalari ishtirok etmoqda2026-yil 18–2...
20/05/2026

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichida filialimiz talabalari ishtirok etmoqda

2026-yil 18–23-may kunlari o‘tkazilayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari ham munosib ishtirok etmoqda.

Filialimiz sharafini himoya qilayotgan iqtidorli talabalar:
⚪️ Berdiyev Usmon Tolib o‘g‘li — 301-23 guruh talabasi
⚪️ Qarshiboyeva Diyora Xusanboy qizi — M 101-25 guruh talabasi
⚪️ Abdiqaxxorova Madina Axmad qizi — 13-20-25 guruh talabasi

Ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etayotgan talabalarimizga ulkan muvaffaqiyat, yuksak natijalar hamda g‘alaba tilaymiz.

Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Muvaffaqiyat sari yo'l" mavsusida uchrashuv tashkil etildi
16/05/2026

Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Muvaffaqiyat sari yo'l" mavsusida uchrashuv tashkil etildi

Xalqaro oila kuni munosabati bilan mahallamizdagi yoshi ulug‘, nuroniy onaxon holidan xabar olinib, samimiy suhbat tashk...
16/05/2026

Xalqaro oila kuni munosabati bilan mahallamizdagi yoshi ulug‘, nuroniy onaxon holidan xabar olinib, samimiy suhbat tashkil etildi.

🖋 Tashrif davomida onaxonga hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, uning hayotiy tajribasi hamda duolari yoshlar uchun katta tarbiya maktabi ekani ta’kidlandi.

🔁Mazkur tashrif orqali keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, oilaviy qadriyatlarni ulug‘lash hamda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash maqsad qilindi.
Э

   TKTIYFda yakuniy nazorat jarayonlari boshlandiToshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida 2025/2026 o‘quv...
16/05/2026



TKTIYFda yakuniy nazorat jarayonlari boshlandi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida 2025/2026 o‘quv yili bahorgi semestri yakunlari bo‘yicha barcha fanlardan yakuniy nazoratlar belgilangan grafik asosida tashkil etilmoqda. Imtihonlar test, yozma va amaliy shaklda o'tkazilmoqda.

Jarayonlarning shaffof, adolatli va tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida tegishli tuzilmalar tomonidan qat’iy nazorat yo‘lga qo‘yilgan. Nazoratlar belgilangan auditoriyalarda, zarur texnik vositalar va ovozli video-kuzatuv kameralar nazorati ostida bo'lib o'tmoqda.

Imtihonlar davomida belgilangan grafik asosida biriktirilgan komissiya a’zolari, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari tomonidan doimiy monitoring olib borilmoqda.

 Xitoy delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi2026-yil 13-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instit...
16/05/2026



Xitoy delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2026-yil 13-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga Janubi-g‘arbiy Xitoy shahar tadqiqot instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida ta’lim, ilmiy tadqiqot, investitsiyaviy hamkorlik hamda hududiy infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Delegatsiya vakillariga filialning mavjud imkoniyatlari va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdim etildi.

Uchrashuv jarayonida filial hududida investitsiya loyihalari asosida zamonaviy bino va infratuzilma obyektlarini barpo etish, Sirdaryo viloyatida innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni rivojlantirish, investitsiyaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Getwork Xususiy Bandlik Agentligi vakillari bilan uchrashuv tas...
14/05/2026



Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Getwork Xususiy Bandlik Agentligi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

Uchrashuv davomida agentlikning faoliyat yo‘nalishlari, xorijiy davlatlarda qonuniy mehnat faoliyatini tashkil etish imkoniyatlari hamda talabalar uchun yaratilayotgan zamonaviy xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir jarayonida talabalar Work and Travel dasturlari, mavsumiy ish o‘rinlari, viza rasmiylashtirish hamda hujjatlashtirish tartiblari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, yoshlar tomonidan qator taklif va mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali hamda Getwork Xususiy Bandlik Agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik talabalarning xalqaro tajribasini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda xorijiy mehnat bozoridagi imkoniyatlardan samarali foydalanishiga xizmat qiladi.

Address

Tinchlik
Yangiyer
121001

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

+998955115856

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The University

Send a message to Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali:

Share